Odam ishtirokidagi video
Model mahsulotingizni ushlab ko'rsatadi, xaridor sharh qiladi yoki hayotiy sahna — tayyor reklama roligi, ovozi bilan.
Rasm yuklang yoki rejangizni yozing. Reklo AI Studio Instagram, Telegram va TikTok uchun matn yozadi, rasmni yaxshilaydi va odam ishtirokidagi reklama videosini yaratadi — o'zbek, rus va ingliz tillarida.
Model mahsulotingizni ushlab ko'rsatadi, xaridor sharh qiladi yoki hayotiy sahna — tayyor reklama roligi, ovozi bilan.
Rasm, matn yoki do'kon havolasidan — har platforma o'z uslubida.
Fonni almashtirish, sifatni oshirish, AI fotosessiya va matn bilan tahrir. 4K gacha.
Rejangizni yozing yoki ovoz bilan ayting — eng oson yo'lni ko'rsatadi.
O'zbekiston va jahon bozoridagi narxlar — manba havolalari bilan.
Tayyor postni Telegram kanalingizga bir bosishda chiqaring. 100 tagacha mahsulotga birdaniga kampaniya — natija jadvalda.
Chapdagi mahsulot rasmi yuklandi. Qolganini Reklo AI Studio yaratdi: videodagi odamlar sun'iy, sumka esa aynan o'sha.
Rasm yuklang, tavsif yozing, do'kon havolasini bering yoki shunchaki chatda rejangizni ayting.
Mahsulotni tahlil qiladi, auditoriyani aniqlaydi va 20 soniyada matn, bir necha daqiqada video yaratadi.
Ohangni, tilni yoki uzunlikni o'zgartiring, galereyaga saqlang yoki Telegram kanalingizga nashr qiling.
Kampaniya 6 kredit, rasm 5 kreditdan, video 10 kreditdan. Bepul tarifdan boshlang.
60 kredit, bir martalik
oyiga · 400 kredit
oyiga · 1 000 kredit
oyiga · 2 500 kredit
Pullik tariflar to'lov tizimi ulangach ochiladi. Ungacha bepul kreditlar bilan barcha imkoniyatlarni sinab ko'rishingiz mumkin.
Yo'q, ular AI tomonidan yaratilgan. Mahsulot esa siz yuklagan rasmdagi bilan bir xil saqlanadi — shakli, rangi va yozuvi o'zgarmaydi.
O'zbek, rus va ingliz tillarida. Tayyor matnni boshqa tilga yoki ohangga bir bosishda o'tkazish mumkin.
Telegram ichida (mini ilova) va brauzerda — o'rnatish shart emas. Android ilovasi tayyorlanmoqda.
Kredit — ilova ichidagi hisob birligi. Kampaniya 6, rasm yaratish yoki tahrir 5, slayd-shou 10, AI video 30 kreditdan. Xato bo'lsa kredit avtomatik qaytariladi.
Fayllaringiz faqat sizning akkauntingizga ko'rinadi. Akkauntni istalgan payt barcha ma'lumotlari bilan o'chirishingiz mumkin.
60 kredit bepul. Rasm yuklang — natijani bir daqiqada ko'ring.